Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi

DEPUTAT NAZORATI: "Ochiq budjet" loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashidagi 18-Oqostona saylov okrugi deputati Kamolov Azamjon Sobirjonovich nomiga "Oqostona" mahallasi fuqarolaridan murojaat kelib tushgan edi.

Murojaatda mahallada “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarning bugungi holati va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berish hamda nazorat o'rnatish so‘ralgan.

Ushbu murojaat asosida deputat A.Kamolov, tuman Kengashi kotibiyat mudiri O'.Rajabov, mutasaddi tashkilotlar vakillari va mahalla faollari ishtirokida "Oqostona" mahallasiga borib, vaziyatni joyida o‘rgandi.

Murojaat ijrosi deputatning shaxsiy nazoratiga olindi. Aholining muammolarini tinglash va ularga yechim topish — bosh maqsadimizdir.