2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan sana
✔️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi rasman tasdiqlanganiga 34 yil to‘ldi.
🇺🇿1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan 616-XII-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida»gi Qonun bilan mamlakatimizning Davlat gerbi tasdiqlanib, mustaqil O‘zbekistonning eng muhim davlat ramzlaridan biri sifatida tarixga muhrlandi.
💬Davlat gerbi har bir xalqning mustaqilligi, suvereniteti, milliy qadriyatlari va o‘ziga xosligini ifodalovchi muqaddas timsoldir.
⭐️Unda xalqimizning ezgu orzu-intilishlari, tinchlik, farovonlik va taraqqiyotga bo‘lgan ishonchi o‘z aksini topgan.
🔖O‘zbekistonning buguni va ertasini shu aziz Vatan bilan bog‘lagan har bir fuqaro uchun Davlat gerbi yurtga sadoqat, birlik va milliy g‘urur timsoli bo‘lib, yuksak hurmat va ehtiromga sazovor davlat ramzidir.