🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov “Mirzacho‘l” MFYda mahalla yettiligi ishtirokida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, yoshlar masalalari hamda aholi murojaatlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.
📍 O‘rganishda mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyat atroflicha tahlil qilindi.
💬 Fuqarolarni qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar,ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar sifati hamda yoshlar bandligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
📌 O‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, shuningdek hududda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.