Yangiliklar

Deputat tomonidan oilaviy shifokor punkti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Shokirov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Qoronqul” mahallasida joylashgan oilaviy shifokor punktining aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot muassasasining moddiy-texnik bazasi hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish holatini o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida muassasaning sanitariya holati, dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi, shifokor va hamshiralar faoliyati, elektron tibbiyot tizimlaridan foydalanish darajasi hamda aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, deputat tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔺Tadbir davomida muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ham suhbatlashilib, ularning tibbiy xizmatlardan qoniqish darajasi va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari o‘rganildi. Aniqlangan masalalarni hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6