Yangiliklar

Haftalik rejaga muvofiq, "Tosh yop" OFYda piyodalar yo‘lakchasi qurilishi deputatlik nazoratida

Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish deputatlik nazoratining doimiy e’tiborida.
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari Y.Axmedov (O‘zLiDeP), S.Jumamuratova (MTDP) hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Allaberganov tomonidan "Tosh yop" ovul fuqarolar yig‘inida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Ovul fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida o‘tgan ushbu tadbirda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, xususan, aholi va maktab o‘quvchilari xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan piyodalar yo‘lakchasi (trotuar) qurilishi jarayoni yaqindan ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3