#jarayon
#Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta'lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
⚽️Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 4-Yangi turmush saylov okrugi deputati Axmedjanova Dilbar Sharifjonovna, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Baxovadinov Baxtiyor Shahobitdinxo'jayevich, kotibiyat bosh mutaxassisi Eshov Shahboz Uskan o‘g‘li tomonidan "Yangi turmush" MFY hududidagi 50-umumta‘lim maktabning sport zali o'rganildi.
🏀O‘rganish davomida maktabning sport zali, undagi mavjud sport anjomlari hamda jihozlarning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Xususan, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya darslarini sifatli o‘tishlari uchun yaratilgan sharoitlar, sport inventarlarining yetarliligi va foydalanish holati tahlil qilindi.
✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube