Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Z.Umurzakov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H.To'rayev tomonidan Navoiy mahallasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan asfaltlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganish olib borildi.
Jarayonda hududdagi ichki yo‘llarning holati ko‘zdan kechirilib, ayni paytda olib borilayotgan shag‘allashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, yo‘llarni sifatli asfaltlashtirish orqali aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.