Yangiliklar

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 2-Xo‘jaqiya saylov okrugidagi Yuqori Talashqon mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish jarayoni Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xurramov Laziz hamrohligida tashkil etildi. O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim Jo‘rayeva Lobar tomonidan hududdagi ijtimoiy holat, fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mahalla fuqarolarining murojaatlari o‘rganilib, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 1