Yangiliklar

Deputat mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Qurbonova Saidlar mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan aholi o‘rtasidagi munosabatlar holatini o‘rgandi.

🤝 O‘rganish davomida mahalla raisi U. Matmuratov boshchiligida fuqarolar uchun muntazam qabul soatlari tashkil etilgani, yozma va og‘zaki murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib nazorat qilinayotgani ma’lum bo‘ldi.

📌 Shuningdek, mahalla faollari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan har oy muntazam uchrashuvlar o‘tkazib kelinayotgani qayd etildi.

✅ Deputat tomonidan mahalla yettiligi va aholi o‘rtasidagi hamkorlik ishlari qoniqarli deb baholanib, bu yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirish yuzasidan tavsiyalar berildi.