2026-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga kelib tushgan murojaatlarni qonunchilik talablari asosida o‘rganish hamda ularni deputatlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan, kotibiyat mudiri X.Berdiyarovaning bugunga belgilangan ish rejasiga muvofiq, “O‘zbekiston” mahallasida amaliy o‘rganishlar olib borildi.
Mazkur jarayonda kotibiyat mudiri hamda tuman Kengashi deputati A.Ibadullayev ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etilib, kelib tushgan murojaatlar mazmuni atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, ijtimoiy yordam, tibbiy xizmat hamda moddiy ko‘mak bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, murojaatlarni ijobiy hal etish hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borilishi kelishildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida hududda ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati