Yangiliklar

Peshku tumanida ta’lim sifati deputatlar nazoratida

O‘rganish jarayonida maktablarda ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning ish faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda moddiy-texnik baza holati atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, ta’lim muassasalarida mavjud muammolar, infratuzilma holati, sinf xonalari, sport zallari va o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganlik darajasi o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktablarda yaratilgan sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4