Yangiliklar

#kengash_raisi NAVRO‘Z SAYLI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI

Toyloq tumanida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan o‘tkazilayotgan sayillar davom etmoqda. Ana shunday bayram tadbirlaridan biri “Charag'bon” mahallasida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Mazkur sayilda Toyloq tumani Kengashi raisi D.Ulug'boyeva, tuman Kengashi deputati M.Aminova faol nuroniylar bilan birgalikda ishtirok etib, mahalla ahlini ulug‘ ayyom – Navro‘zi olam bilan samimiy qutladi. 

Tuman Kengashi raisi o‘z tabrik so‘zida Navro‘z bayrami xalqimizning qadriyatlari, mehr-oqibat va hamjihatlik timsoli ekanini ta’kidlab, mahalla ahliga tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarga baraka va farovonlik tiladi.

Bayram tadbirida milliy qadriyatlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, milliy taomlar hamda xalq o‘yinlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇

https://www.facebook.com/share/1C6vDCzsfi/

Slide 1 of 1