“Bahoriston” mahallasida deputat muloqoti: Muammolar yechimiga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati S.Jumayev bugun o‘z saylov okrugi hisoblangan “Bahoriston” mahallasida bo‘lib, aholi bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.
✅Uchrashuv shunchaki hisobot uchun emas, balki hududdagi haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy manzarani o‘rganish va odamlarning og‘irini yengil qilish maqsadida tashkil etildi. Muloqot davomida yo‘l, elektr energiyasi, bandlik va ijtimoiy himoya kabi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅"Xalqimiz bizga ishonch bildirdimi, biz shu ishonchni amaliy ishlarimiz bilan oqlashimiz shart," — deydi deputat S.Jumayev.
✅Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda har bir fuqaroning fikri tinglandi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilab olindi.