Yangiliklar

Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 18-Shirinkent saylov okrugi deputati Toshpulatov Arslon Axror o‘g‘li tomonidan aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla va hudud do‘konlarida oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, non, kartoshka, piyoz, sut mahsulotlari va boshqa eng zarur tovarlarning narxi va mavjudligi tekshirildi. Deputat bozorlarda va do‘konlarda mahsulotlarning yetarliligi, narxlarning barqarorligi hamda aholining talabini qondirish imkoniyatlarini atroflicha o‘rgandi.

Aniqlanishicha, ayrim mahsulotlar bo‘yicha yetishmovchilik va narx o‘zgarishlari kuzatilgan, bu esa aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, mahsulotlarni yetkazib berish tizimini yaxshilash, narxlarni barqarorlashtirish va yetarli zaxirani ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2