Yangiliklar

Peshku tumanida FHDYO organlari xizmat ko'rsatish holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida fuqarolarni qabul qilish tizimi, xizmat ko‘rsatish tezligi, navbatlar holati, davlat xizmatlarining sifati va qulayligi, shuningdek, elektron xizmatlardan foydalanish darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Shu bilan birga, xodimlarning muomala madaniyati, moddiy-texnik ta’minot holati hamda aholiga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3