Yangiliklar

Deputatlik_faoliyatidan

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov, kotibiyat mudiri Mastura Salimova tomonidan shaharda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan ish o‘rinlari, ularning mehnat bozoridagi ishtiroki hamda mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, korxona va tashkilotlarda bu toifadagi fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganilib, ularni yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni ijtimoiy himoya qilish va munosib mehnat bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1