Mazkur o‘rganish ishlari “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda deputatlik nazorati vakolatlari doirasida amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida maktabning kutubxonasi, sport zali, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi, ularning texnik holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining moddiy-texnik bazasi holati batafsil ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida mavjud muammolar, kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan joyida muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul shaxslarga aniq taklif hamda tavsiyalar berildi.
Kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan deputatlik nazorati doimiy ravishda davom ettirilishi belgilandi.