Yangiliklar

Qilichli va Navro‘z mahallalari o‘rtasidagi ko‘prik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri B.Oblanov hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi O.Abdug‘aniyevlar ishtirokida Qilichli mahallasi va Navro‘z mahallasini bog‘lab turuvchi ko‘prikning bugungi holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur ko‘prik uzoq vaqtdan buyon ta’mirlanmaganligi, natijada uning texnik holati yomonlashib, aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani aniqlandi. Ayniqsa, piyodalar va transport vositalari harakatida xavfsizlik masalalari dolzarb ekani ta’kidlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish, ko‘prikni ta’mirlash va uning xavfsiz foydalanilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar kiritilishi belgilandi.

Aholi manfaatlarini himoya qilish, infratuzilmani yaxshilash va qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3