Qaror ijrosi bo‘yicha masala o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 13 fevraldagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-61-son Qarorining 9-ilovasi bilan tumandagi M.Raxmatov MMTP hududidagi
9,30 gektar yer maydonida sanoat zonasi tashkil etish belgilangan.
Hozirgi kunda mazkur yer maydonining toifasini o‘zgartirish ishlari bajarilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari davlatimiz rahbarining yuqoridagi qarori ijrosi
doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. O‘rganishlar
bo‘yicha xulosalarini tegishli mas’ullarga yetkazdilar.