Yangiliklar

Chinoz tumani. Maktabda sport infratuzilmasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari A.Baxramov, M.Mirsodiqov va E.Saidovlar tomonidan Gulzorobod mahallasidagi 21-sonli umumta’lim maktabida sport zallari hamda undagi sport anjomlari holati o‘rganildi.

📝O‘rganish jarayonida maktab hududidagi sport zallari, ularda mavjud sport anjomlari, jihozlarning texnik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport zallarining jihozlanish darajasi, mavjud inventarlarning foydalanishga yaroqliligi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

✨Mazkur o‘rganish ishlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaxshilash hamda ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 3