XALQ DEPUTATLARI OLMАZOR TUMANI KENGASHINING III CHAQIRIQ YIGIRMA TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
🔹 Olmazor tumani prokurorining Olmazor tumanida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijalari;
🔹Olmazor tuman Ichki ishlar boʻlimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻining 2025-yil IV chorak yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisida;
🔹Olmazor tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati;
🔹 Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarga kiritilayotgan loyihalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi va boshqa masalalar.
Sessiya davomida masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan muhokamalar olib borildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.