Maktabdagi sharoitlar deputat tomonidan o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova o'z hududida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Jarayon davomida maktab hududining obodonchiligi, sport zallarining holati hamda ularda mavjud sport anjomlari ko‘zdan kechirildi.
O‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlari va ularning sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlari ham tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.