Yangiliklar

Hashar elga yarashar

Boʻka pedagogika texnikumida umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi

Boʻka pedagogika texnikumida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Hasharda texnikum jamoasi, talabalar hamda xodimlar faol ishtirok etib, hududni tozalash, tartibga keltirish hamda ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.

Mazkur ezgu tashabbusga Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.J. Mirzayeva ham faol qatnashib, texnikum hududida ko‘chat ekish jarayonida talabalar bilan birgalikda ishtirok etdi.

Slide 1 of 2