Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari shahar Kengashiga 6-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat F.Soyipov O‘zbekiston mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri E.Davlatov hamda bosh mutaxassis M.Xudoyberdiyeva ishtirok etdi. Uchrashuv davomida deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi farmon, qaror hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bo‘yicha fuqarolarga tushunchalar berib, 2025-yil davomida deputatlik faoliyati yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan axborot berib o‘tdi. Shundan so‘ng fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan tegishli masʼullarga tavsiyalar berildi.