Yig‘ilishda “Paxtazor” ShFY raisi Qulbo‘ldiyev Shuhrat ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda hududda olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, fuqaro X.Mavlonova hamda qishloq nuroniy oqsoqoli nomidan Q.Asqaraliyev tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilandi.
Mazkur uchrashuv aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, hududdagi muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlashga xizmat qilmoqda.