Tashrif davomida mahallaning faol tadbirkori Mamatqulov Diyor xonadonida yo‘lga qo‘yilgan bedanachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi. Mazkur xonadonda tuxumdan tayyor go‘sht mahsulotigacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjiri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har oyda 1 tonnagacha mahsulot yetishtirilmoqda va o‘rtacha 18–20 million so‘m sof daromad olinmoqda. Shuningdek, doimiy bandlik bilan bir qatorda 2 nafar fuqaro mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Hozirda bir nechta yoshlar ushbu yo‘nalishda shogird sifatida faoliyat yuritib, Sarbozor mahallasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.