Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisining birinchi kuni o'z nihoyasiga yetdi.
Bugun, 2026-yil 5-fevral kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.
Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.
Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning youtube (https://youtu.be/swpSzJGKSUo) tarmog‘idagi sahifasi orqali ko'rishingiz mumkin.
✅@sam_vil_deputatlari