Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqoltin tumani “Shodlik” MFYning yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining navbatdagi 24 sessiyasi oldidan doimiy komissiyalarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyati.
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining navbatdagi o‘n to'qqizinchi sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada tumanni 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2026-yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etilib, kelgusi yil uchun aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, 2025-yilning 12 oyi davomida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar hamda jinoyatchilik holati, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti, aholi hamda tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

2026-yilda tumanda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash to‘g‘risida ham qaror loyihasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-sonli qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshiriladigan vazifalar belgilandi.

Shuningdek, 2025-yil yakunida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga biriktirilgan yoshlar bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. 

Slide 1 of 9