Yangiliklar

Deputat yoshlar bilan

Mazkur ma’naviy-ma’rifiy dars davomida o‘quvchilarga halollik, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda shaxs kamolotidagi ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Ta’kidlanganidek, halollik – bu nafaqat shaxsiy fazilat, balki kelajak poydevorini mustahkamlaydigan ijtimoiy qadriyatdir.

Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qibray tumani bo‘limi rahbari J. Karimov hamda Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashi deputati Z. Sodiqova ishtirok etib, o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar. Savol-javoblar jarayonida yoshlar o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirib, halollik va mas’uliyat masalasida o‘z qarashlarini namoyon etdilar.

 “Halollik vaksinasi” mavzusidagi ushbu dars soati yosh avlod qalbida mas’uliyat, vatanparvarlik va yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi. (https://t.me/qibraytumankengashideputatlari)

Slide 1 of 4