Yangiliklar

#jarayon

📍 NURAFSHON SHAHAR: AHOLINI RO‘YXATGA OLISH JARAYONLARI NAZORATDA.

"Oppoq" mahalla fuqarolar yig‘inida aholini ro‘yxatga olish tadbirlarining borishi o‘rganildi.

Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimi B.Chinazbekov hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev mazkur mahallada bo‘lib, jarayonlarning tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

📝 Ro‘yxatga olish varaqalarining to‘g‘ri va sifatli to‘ldirilishi;

👥 Mahalla faollarining jarayondagi ishtiroki va aholi o‘rtasidagi tushuntirish ishlari;

⏳ Belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etilishi.

Muloqot davomida soha mutaxassislariga jarayonning shaffofligi va ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Aholini ro‘yxatga olish — hududning kelgusi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini belgilashda muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 3