🔹 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan atroflicha suhbat olib borildi. Ayniqsa, yer munosabatlari va mulk huquqiga oid savollarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
🔹 Uchrashuv yakunida fuqarolarning savollariga javoblar berilib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Bunday ochiq muloqotlar aholining huquqiy ongini oshirish va dolzarb muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.