Yangiliklar

Jondor tumanida “Veteran” jangchi-faxriylar sharaflandi

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Ismoil Xolov, “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat bo‘limi rahbari Feruz Eshonqulov, Afg‘oniston hududida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarda ishtirok etgan jangchi-faxriylar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar ushbu sana munosabati bilan jangchi-faxriylarni samimiy muborakbod etib, ularning Vatan oldidagi fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik izhor etdilar.

Faxriylar jang maydonlarida halok bo‘lgan safdoshlari xotirasini hurmat bajo keltirdilar.

Tantana bayram dasturxoni va tuman madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Slide 1 of 6