Yangiliklar

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyevlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Bo‘ston” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 8 ga yaqin takliflar tushdi, bildirilgan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi. 

Slide 1 of 3