Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov va Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Islamovalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Axillik” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 7 ga yaqin takliflar tushdi, bildirilgan muammo va takliflar ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli mutasadi rahbarlar bilan yuqoridagi masalalarning yechimi yuzasidan gaplashib, keyingi uchrashuvlarda axborot berishga kelishib olindi.