Yangiliklar

Deputat va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi X.Suvonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35–V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasida mahalla yettiligi uchrashuv tashkil etildi.

Ushrashuvda mahalla yettiligi tomonidan aholining noroziligiga sabab bo‘layotgan 5 ga yaqin takliflar tushdi, Kengash raisi tomonidan bildirilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5