Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 2027-yil dasturlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz uchinchi sessiyasi o’tkazildi.
янв.21
📋 Murojaatlar saylov okruglari kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
📌 PF–17-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyatida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
🔥 Yong‘in xavfsizligi burchagining tashkil etilishi va yuritilishi o‘rganildi.
янв.21
📌 PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
🗂 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida arxiv ishlari davom etmoqda
#haftalik_ish_reja_ijrosi #162_qonun #biriktirilgan_tashkilot “Navro‘z” mahallasida yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi o‘rganildi

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda jamiyat hayotidagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, ekspert guruhi rahbari A.Mustafakulov, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirokida “Navro‘z” mahallasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i F.Xalmuratov ham ishtirok etib, mahallada yoshlar bilan ishlash tizimining amaldagi holati yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi doirasida tashkil etildi. Unda mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy kasblarni egallashiga ko‘maklashish hamda bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bilan individual ishlash amaliyoti, ularning qiziqish va intilishlarini o‘rganish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham o‘rganishning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Xususan, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammolar hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati tahlil qilinib, yoshlar bilan ishlashda manzillilik, individual yondashuv va natijadorlikni yanada oshirish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyatini takomillashtirish, yoshlarning ta’lim olishi va kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni munosib ish bilan ta’minlash hamda ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati — mavjud muammolarni aniqlash bilan birga, ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish vositasidir. Shu kabi nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va kelajakka bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti, yurt kelajagi va bunyodkor kuchidir!