Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
Navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2024-yil IV-choragi davomida amalga oshirgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ishtixon tumani Xalq qabulxonasi mutaxassisi X.Hazratqulovning axboroti haqida;

Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda saylovni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tuman komissiya tarkibini tuzish to‘g‘risida;

O‘zbekiston XDP tuman Kengashi va Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5217-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Ishtixon tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash shu’basi mudiri A.Xatamovning hisoboti haqida;

Ishtixon tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

Ishtixon tumanida “Zarbdor” tajribasi asosida shakllantirilgan “drayver” loyihalarni amalga oshirish uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida;

Ishtixon tumanida 2025-yil “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tanlangan mahallalarda elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishini yaxshilash hamda ichki yo‘llarni ta’mirlash yo‘nalishi bo‘yicha dasturga kiritilgan takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.

Slide 1 of 8