Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Joylarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanining 47-maktab binosida uchrashuv o`tkazdi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanida
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
✅ Yangiobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining navbatdagi Sessiya ishi oldidan doimiy komissiya raisi ishtirokida yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
Oqdaryo tuman hokimligida Juma milliy liboslar kuni
янв.21
📌 Senat a’zolari tumanimiz ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan tanishdi
Deputatlar dolzarb mavzuda aksiya o‘tkazmoqda

 Deputatlar dolzarb mavzuda aksiya o‘tkazmoqda 

Xalq deputatlari Jomboy tuman Kengashi deputatlari hamda tadbirkorlar
tashabbusi bilan “Inson hayoti bebaho ne’mat, u barcha narsadan ustun” tamoyili
asosida “Ogoh bo‘ling - is gazi” targ‘ibot-tashviqot aksiyasi o‘tkazildi. Shirinkent mahallasi aholisi bilan
o‘tgan uchrashuvda tushuntirish ishlari
olib borildi. 

Tadbirda tuman Kengashi deputatlari
A.Toshpo‘latov va N.To‘rayevlar hamda
“Tumangaz” filiali xodimlari, faollari ishtirok etdi. 

Aholi xonadonlarida isitish
tizimlarini muntazam tekshirish va ta’mirlab borish, xavfsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qilish, is gazi xavfi va undan saqlanish bo‘yicha tushuncha berildi. 

Shu kunning o‘zida kam ta’minlangan,
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila xonadonlariga tuman kengashi deputati, tadbirkor
A.Toshpo‘latov homiyligida is gazidan muhofaza qiluvchi maxsus uskuna o‘rnatib
berildi. Qayd etish joizki, bu jihoz gaz sizib chiqish xavfini tezda aniqlash
imkonini beradi, iste’molchini oldindan ogohlantiradi. Tadbir davomida is gazi chiqqanda
ogohlantiruvchi uskunalarni o‘rnatish tartibi, afzalliklari, foydalanish
qoidalari taqdimot qilindi.
 

Slide 1 of 4