Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
#Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi tomonidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
янв.21
⚡️“Joylarda saqlanib qolayotgan muammolar” yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
янв.21
#Joylarda targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanining 47-maktab binosida uchrashuv o`tkazdi
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanida
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
✅ Yangiobod mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi  

Xalq deputatlari Buvayda tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiya kun tartibidan jami 9 ta masala o‘rin olgan bo‘lib, tumaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, huquq-tartibot va moliyaviy masalalar muhokama qilinadi.  

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar:  

 2025 yilda Buvayda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi.  

Sessiyada tuman hokimi Behzodjon Odiljonovich Ibragimov ushbu masala yuzasidan axborot beradi. Dastur doirasida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, infratuzilmani modernizatsiya qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Jumladan:  

- Sanoat, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish;  

- Yo‘l infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash;  

- Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida sharoitlarni yaxshilash;  

- Aholi bandligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish.  

 Tumanda qonuniylikni ta’minlash va huquq-tartibotni mustahkamlash.  

Buvayda tuman prokurori, adliya maslahatchisi Z.M. Sulaymonov 2024 yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar murojaatlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot beradi.  

 Tuman Ichki ishlar bo‘limi (IIB) rahbari Sh. Ahmedovning 2024 yilda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hisobot.  

 Majburiy ijro byurosi Buvayda tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar qarorlarini ijro etish samaradorligi.  

Buvayda tumani Adliya bo‘limi faoliyati. 2024 yil davomida davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha olib borilgan ishlar tahlil qilinadi.  

 2025 yilga mo‘ljallangan ish rejalari tasdiqlanadi.  

Xalq deputatlari tuman Kengashi va doimiy komissiyalarning kelgusi yil uchun ish rejasi tasdiqlanadi.  

✅ Mahalliy budjet ijrosi va moliyalashtirish masalalari. Sessiyada quyidagi moliyaviy masalalar ko‘rib chiqiladi:  

   - 2024 yil mahalliy budjet ijrosi;  

   - 2025 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish rejasi;  

   - 2024 yil IV choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobot.  

Sessiya davomida har bir masala yuzasidan keng muhokama o‘tkazilib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.  

Slide 1 of 9