Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati X.Xujaqulov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirokida tumandagi “Ekraz” mahallasida joylashgan sport inshooti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport inshootining mavjud holati, sport maydonining jihozlanishi, foydalanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda hududning obodonlashtirilish holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sport inshootidan samarali foydalanishni ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube