Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi obyekt o‘rganildi
янв.21
📌 "MADAD" NNT BILAN HAMKORLIKDA FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
янв.21
📍 Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz birinchi sessiyasi o’tkazildi.
янв.21
📋 Sessiyaga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasida qurilgan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati va sport sohasidagi qonunlar ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Yopiq taqsimlash qurilmasi faoliyati bilan tanishilmoqda
янв.21
Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida "Deputat kundaligi" topshirildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M. Raimdjanov tomonidan joylarda olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan masalalar yuzasidan Marg‘ilon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Turdaliyevga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda 2026-yilning 6 oyi davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hokim yordamchilari tavsiyasi asosida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan kredit mablag‘larining miqdori, yo‘nalishlari, maqsadli sarflanishi va natijadorligi haqida asoslantirilgan ma’lumot berish so‘ralgan.

Shuningdek, ajratilgan kreditlar hisobidan yangi tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, yangi ish o‘rinlari yaratilgani hamda aholi daromadlarini oshirish borasida qanday natijalarga erishilgani yuzasidan ma’lumotlar so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olinib, joylarda aniqlangan holatlarning amaldagi qonunchilik talablari asosida o‘rganilishi va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi nazorat qilinmoqda.

Slide 1 of 1