Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 2027-yil dasturlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz uchinchi sessiyasi o’tkazildi.
янв.21
📋 Murojaatlar saylov okruglari kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
📌 PF–17-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyatida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
🔥 Yong‘in xavfsizligi burchagining tashkil etilishi va yuritilishi o‘rganildi.
янв.21
📌 PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
🗂 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida arxiv ishlari davom etmoqda
24-BAND IJROSI: Ixtisoslashtirilgan san’at-internat maktabi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan Badiiy akademiya qoshidagi ixtisoslashtirilgan san’at-internat maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayoni, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar hamda muassasaning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazasi holati ham o‘rganildi.

Slide 1 of 2