Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 2027-yil dasturlari yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz uchinchi sessiyasi o’tkazildi.
янв.21
📋 Murojaatlar saylov okruglari kesimida o‘rganilmoqda
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dildora Adilova tomonidan 18-Qahramon vakant deputatlik saylov okrugi hududidagi Pichoqchi mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishildi.
янв.21
📌 PF–17-son Farmoni ijrosi yuzasidan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyatida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
🔥 Yong‘in xavfsizligi burchagining tashkil etilishi va yuritilishi o‘rganildi.
янв.21
📌 PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi
янв.21
⚖️ Sessiya kun tartibidagi hujjatlar yuzasidan yuridik uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
🗂 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida arxiv ishlari davom etmoqda
22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

 22-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan "Sebzor" MFY hududida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Jarayon kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov va Olmazor tumani maktab va maktabgacha ta’lim boʻlimining vakillari ishtirokida amalga oshirildi.

🏫 1980-yilda tashkil etilgan 22-sonli maktab o‘zining boy tarixi va salohiyatli bitiruvchilari bilan ajralib turadi. Maktabni turli yillarda bir qator taniqli shoir va yozuvchilar, olim va akademiklar, tibbiyot sohasi vakillari, san’atkorlar hamda davlat arboblari tamomlagan.

🌟 Jumladan, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov, Ibrohim G‘ofurov, general Sobir Rahimov, general Sobirjon Ohunjonov, taniqli kino va teatr aktyorlari Matyoqub Matchonov, Rixsivoy Avazov, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov kabi mashhur yurtdoshlarimiz ushbu maktab bitiruvchilari safidan yetishib chiqqan.

👩🏻‍🏫 Bugungi kunda maktabda 11 nafar oliy toifali hamda 15 nafar birinchi toifali o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasasida 1614 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
🎓 O‘quvchilarning nafaqat bilim olishi, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida maktabda voleybol, yengil atletika, taekvondo, futbol, raqs, “Qiziqarli matematika”, “Mohir qo‘llar” kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

🔎 O‘rganish davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinfxonalar, sanitariya-gigiyena holati, qo‘l yuvish xonalari, ichimlik suvi ta’minoti, oshxona va ovqatlanish joylarining holati, shuningdek, maktabning yangi o‘quv yiliga qay darajada tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

🧼 Ayniqsa, bolalar salomatligi va xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, qo‘l yuvish xonalarining holati hamda oshxonada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

⚖️ O‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning huquqlari, sog‘lig‘i va xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik talablari, jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunlar talablari asosida mavjud holat tahlil qilindi.

📌 Xalq vakili aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, 2026–2027-o‘quv yilini o‘quvchilar uchun qulay, xavfsiz va munosib sharoitlarda boshlash bo‘yicha ishlarni yakunlash vazifalari belgilandi.

Slide 1 of 9