Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududdagi tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Ta’lim va ma’naviyat maskanida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI.
янв.21
14-Zarafshon saylov okrugi deputati A. Nozimov tomonidan Zarafshon mahallasida xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
янв.21
G.Safarova Uzun oilaviy poliklinikasidagi dori-darmon ta’minotini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Aholini qiynagan kanal muammosi deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Mamanova Karomat Suvonobod mahallasi aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo — ichki kanal holatini o‘rganish maqsadida hududga tashrif buyurdi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, mazkur kanalning tozalanmaganligi va texnik holatining yomonlashgani tufayli suv oqimi sekinlashgan, ayrim joylarda esa to‘planib qolish holatlari yuzaga kelgan. Bu esa aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib, sanitariya holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Deputat Karomat Mamanova hududda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 6