Mazkur memorandum aholiga yuridik xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mahalliy Kengash faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida tuzildi.
Hujjatga ko‘ra, tomonlar mahalliy Kengash qarorlari va turli dasturlar loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etishda hamkorlik qiladi. Shu bilan birga, Kengash kotibiyati xodimlarining malakasini oshirish, ularning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-seminarlar, davra suhbatlari va treninglar tashkil etish rejalashtirilgan.
Memorandum doirasida aholini huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari ham kuchaytiriladi.