27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi
🔹Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan, 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan belgilangan eng muhim 24 ta samaradorlik ko‘rsatkichlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹O‘rganish davomida, muassasada, ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, bolalar qamrovi, pedagog kadrlar salohiyati, moddiy-texnik baza holati, sanitariya-gigiyena talablari, oziqlantirish sifati hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari atroflicha tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Mazkur o‘rganishlar maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash hamda samaradorlik ko‘rsatkichlari ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.