Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.
янв.21
21-saylov okrugi deputati R. Xusanov aholi bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda "MADAD" nodavlat notijorat tashkilotining Oqdaryo tumani vakili F.Sahadinov o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yildi.
янв.21
24-Po'latdarxon saylov okrugida tadbirkor bilan ochiq muloqot.
янв.21
Bugun 27-umumt’alim maktabining  o‘qituvchi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari N. Sulaymonov hamda A. Nozimovlar ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari tinglanmoqda.
янв.21
22-Daxbed saylov okrugi deputati D. Xamrayeva hududda joylashgan Oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlarini olib bordi.Hududdagi oilaviy poliklinika faoliyati: aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida.
янв.21
Boshdarxon mahallasida ta'lim muassasalari o'rganildi
янв.21
DMED tizimi o'rganildi
Deputat mahallada

 Ijtimoiy himoya — e’tibor markazida 

5-Mo‘minobod saylov okrugi deputati M.Qurbonova
tomonidan mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati va aholiga ko‘rsatilayotgan
ijtimoiy xizmatlar sifati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 

Manzilli yordam: Ijtimoiy ehtiyojmand toifadagi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning
tezkorligi va sifati.
 

 Nafaqa va moddiy yordam: Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash jarayonining
shaffofligi hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi.
 

Individual yondashuv: Har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroning muammolarini o‘rganish
va ularga amaliy ko‘mak berish tizimi.
 

"Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam har bir muhtoj xonadonga adolatli va
kechikmasdan yetib borishi shart. Bu borada mahalladagi ijtimoiy xodimning
mas’uliyati juda katta", — ta’kidladi M.Qurbonova.