Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
MUNOSABAT

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash-mahalla darajasidagi mas’uliyat

Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalarida yangi bosqichni belgiladi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra 366 ming oila kambag‘allikdan chiqarilib, ishsizlik darajasi 4,8 foizga, kambag‘allik darajasi esa 5,8 foizga tushdi. Shu bilan birga, iqtisodiy o‘sish 7,7 foizga yetib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshdi, eksport va xorijiy investitsiyalar hajmi sezilarli darajada ortdi. Bu amalga oshirilayotgan siyosatning real natijasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Yig‘ilishda alohida urg‘u mahalla darajasidagi mas’uliyat va shaxsiy javobgarlikka qaratildi. Agar hududlarda ishsiz yoki kambag‘al oilalar saqlanib qolsa, demak, islohotlar o‘sha joyga yetib bormagan. Shu bois, “mahalla yettiligi” tizimi samaradorligini oshirish, hokimlar va mutasaddilarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish vazifasi belgilandi. Ayniqsa, “og‘ir” hududlarda kichik quyosh elektr stansiyalari qurish, tomorqa va ixtisoslashuvni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlikni imtiyozli kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar aholi daromadini oshirish va turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, har bir hududdagi
mahalla va oila real holati ro‘yxatga olinib, rejalashtirilayotgan loyihalar ana shu ma’lumotlarga tayangan holda amalga oshiriladi. 

Deputat sifatida biz belgilangan vazifalarning joylarda to‘liq va sifatli ijrosini nazorat qilish, ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va samarali ishlatilishini ta’minlashni ustuvor vazifa deb bilamiz. Islohotlar markazida mahalla, mahalla markazida esa inson turibdi. Shu tamoyil bilan amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki har bir oila hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Biz barcha deputatlar aholining manfaatlarini himoya qilish va mahallalarda amaliy natijalarni ko‘rish ustidan doimiy parlament nazoratini olib boramiz.

Umuman olganda, belgilangan vazifalar ijtimoiy davlat tamoyillariga to‘la mos bo‘lib, “davlat-inson uchun” g‘oyasini mahallada
hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Endi asosiy masala-qarorlar qog‘ozda qolib ketmasdan, har bir xonadon hayotida real natija berishiga erishishdir. Bu esa barchamizdan yuqori mas’uliyat va hamjihatlikni talab qiladi.

M.G'oibnazarov
Zomin tuman Kengashi deputati