Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining 24-sessiyasiga kiritilgan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar hisobotlari eshitildi. Jumladan, Oqdaryo tumanida 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to'g'risida hamda tumanda "Zarbdor tajribasi" asosida sanoat, xizmat va qishloq xo'jaligi sohalarida amalga oshiriladigan drayver loyihalari bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi. Komissiya a'zolari tomonidan hisobotlari eshitilib, fikr va mulohazalar bildirildi.
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsia qilishga oid qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-237-sonli qaroriga asosan " O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi deputatlari hamda kotibiyati xodimlari bilan Toshkent shahriga 17-,18-yanvar kunlari sayohat tashkil etildi.
янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon

Aholini ro‘yxatga olish — muhim davlat ahamiyatiga ega jarayon

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 15-yanvar sanasidan boshlab ushbu jarayonning birinchi — onlayn bosqichi rasman boshlandi. Fuqarolarimiz census.stat.uz sayti orqali o‘zlari va oila a’zolarini mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 31-yanvarga qadar davom etadi. Saytdagi barcha ma’lumotlar 8 ta tilda taqdim etilgan bo‘lib, til me’yorlariga to‘liq rioya etilgan.

Ro‘yxatga olishning ikkinchi bosqichi 4–28-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Shu munosabat bilan barcha tumanimiz aholisini ushbu muhim davlat tadbirida faol ishtirok etishga, onlayn ro‘yxatdan o‘z vaqtida o‘tish davlatimiz uchun muhim omil hisoblanadi. 

xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati

Mirzaxonova Dilorom Bakirovna

Slide 1 of 5