Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova, tuman hokimligi yuristi G'.Abduhakimov hamda tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xafslik masalalari bo'yicha komissiya raisi J.Sadullayev, komissiya a'zolari A.Majidov, J.Buzrukovlar tuman Poliklinikasida "DMED" raqamli tibbiy ko'rikdan fuqarolarni o'tkazish tizimi faoliyati bo'yicha o'rganish olib bordi.
янв.21
Biz korrupsiyaga birgalikda kurashamiz.
янв.21
Islohotlar amalda
янв.21
Doimiy komissiyalar yig'ilishi bo'lib o'tdi
янв.21
A.Navoiy mahallasida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining "Oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220-V-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Oqdaryo tumanida tashkil etilgan ishchi guruh rahbari tomonidan vazifalar belgilab olindi.
янв.21
Tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o’tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova Z.M.Bobur mahallasi hududida joylashgan 28-maktab yuqori sinf qizlari bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda ishchi guruh vakillari bilan mahalla yettiligi foliyati o'rganildi.
Талабаларнинг конституцион билимлари оширилди

“Адолат” СДП Хоразм вилояти Кенгаши ҳамда Урганч шаҳар Кенгаши депутати Р.Балтаевлар ҳамкорлигида Абу Райҳон Беруний номидаги Урганч давлат университети Техника факультетида Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 33 йиллиги муносабати билан кенг қамровли маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.

Тадбир даставвалида, Бош Комусимиз акс этган талабалар ижодидан тайёрланган расмлар кўргазмаси намойиш этилди. Ёшлар ўз ишларини Конституция ва ватанпарварлик мавзуларини ижодий ва таъсирчан талқинда ифода этдилар.

Шундан сўнг “Конституция — эркин ва фаровон ҳаётимизнинг мустаҳкам пойдевори” мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди. Урганч шаҳар Кенгаши раиси, шахар Кенгаши депутати Рустамбой Балтаев иштирок этиб, асосий Қонунимизда ўз ифодасини топган демократик тамойиллар, фуқаролар ҳуқуқларининг кафолатлари ва ёшларнинг ҳуқуқий онги ва дунёқарашини юксалтириш ҳақида фикр мулоҳазалар билдирдилар.